Mahsulot sifati har narsadan ustun. «Winiron Oil Industry» Oʻzbekiston-Koreya qoʻshma korxonasi menejmenti aynan shu asosga qurilgan. Shu tufayli, faqat 2017 yilning oʻzida tashkil etilgan, yangi korxona Oʻzbekiston va qoʻshni mamlakatlar bozorida oʻziningmunosib oʻrnini topa oldi.

Loyiha doirasida 4-darajali ofis, ishlab chiqarish sexlari, 25 ming kvadrat metrdan ortiq hududda joylashgan laboratoriya tadqiqotlari uchun xona va omborxona joylari barpo etildi.

Yuqori malakali quruvchilar jamoasi yordamida loyiha hayotga tadbiq etildi. Ishlab chiqarish sexlari, tadqiqot laboratoriyasi zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlangan. Alohida ajratilgan joyda bazaviy moylarni saqlash uchun rezervuarlar oʻrnatildi va temir yoʻl tarmogʻi oʻtkazildi. Dastlabki vazifa sifatli va arzon mahsulotlar ishlab chiqaradigan kompaniya boʻlish edi. Bugungi kunda bu qadriyatlar kundalik faoliyatimizning asosi boʻlib xizmat qilmoqda. Buning natijasida kompaniya Oʻzbekiston bozorida ijobiy imij yaratdi va kuchli bozor mavqeini egalladi.

Bizning Koreya tomondan hamkorimiz Janubiy Koreyaning “PEFKO Co., LTD” kompaniyasidir. U mana 56 yildirki neft mahsulotlari bozorida yetakchi oʻrinlardan birini egallab kelmoqda, Osiyo-Tinch okeani mintaqasi neftni qayta ishlash sanoati giganti hisoblanadi.

Biz yuqori sifatli sintetik, yarim sintetik, mineral motor, transmissiya, kompressor va gidravlik moylarni ishlab chiqaramiz. Ishlab chiqarishda faqat sara bazaviy moylar va yuqori sifatli prisadkalar qoʻllaniladi. Barcha “Winiron” moylash materiallari qatʼiy laboratoriya va stend sinovlaridan oʻtkaziladi. Bizning mahsulot API va ACEA standartlarining qatʼiy talablariga javob beradi. Ishlab chiqarilauotgan mahsulotlarning keng assortimenti isteʼmolchilarning barcha talablarini qondirishga imkon beradi. Moylarni ishlab chiqarishda Janubiy Koreya, Rossiya, Belorussiya, Turkmaniston va Yevropa mamlakatlarining xomashyolaridan foydalaniladi.

Bizning asosiy raqobat afzalligimiz – mahsulotning kafolatlangan sifati. Bizning tovarlarimiz sifati shunchalik yuqoriki, biz deyarli reklamaga sarf qilmaymiz, odamlar bizlarni oʻzlari topib kelishadi. Shunga mutanosib ravishda reklamada tejalgan mablagʻlar mahsulot narxini 20 foizga arzonlashtirish imkonini beradi. Kompaniyada hozirgi vaqtda 35 nafar xodim ishlaydi. Ulardan 90% oliy maʼlumotga ega.

Kompaniyamizning yana bir afzalligi polietilen kanistrni ishlab chiqarish boʻyicha shaxsiy seximizning borligidir. Biz Oʻzbekistondagi erib yopishadigan etiketka (IML) bilan puflanadigan kanistrlarning birinchi ishlab chiqaruvchilaridan biri hisoblanamiz. Biz 1, 4, 5 va 25 litrli hajmdagi kanistrlarga YUPO yapon kompaniyasining sifatli nakleykalaridan foydalanamiz.

Kanistrlarni ishlab chiqarishdan to tayyor mahsulotni chiqarishga boʻlgan barcha ishlab chiqarish liniyasi avtomatlashtirilgan. Korxonaning kunlik quvvati 10 tonna mahsulotni tashkil etadi.

Ishlab chiqarilayotgan mahsulotning katta assortimenti va uning doimiy ravishda yangilanib turishi bizning mijozlarimizning har qanday talablarini qondirish imkonini beradi.